"Oydinda yurgan odamlar" (qissa) Kutubxonachi.Uz
5663 dona Yuklangan

522.1 KB Hajmi

18453 dona Ko'rilgan
"Oydinda yurgan odamlar" (qissa)
Tog'ay Murodning 1980-yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi hisoblanadi. Bu asar yozuvchining eng dilbar va muallifning о‘z sо‘zi bilan aytganda, ,,ne kunlarni kо‘rmagan”, eng murakkab taqdirli qissasidir. Bu kitob О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu qissa nomini о‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur о‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug’ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Tog‘ay Murod chol kampir hayotini g‘oyat nozik, g‘oyat shoirona tasvirlaydi. Chol-kampirning о‘zaro mehr-muhabbatini qо‘shiqdek kuylab beradi. Tog‘ay Murod bir-birini Bobosi, Momosi, deya atab umr о‘tkazayotgan bir juft pokiza insonni oydindagi oy nuriga о‘rab tasvirlaydi. Oqibatda, ushbu juftning о‘zi ham, sо‘zi ham, turish-turmushi ham oyning kumush nurlariga yо‘g‘rilib ketadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug’likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi.
  Tog‘ay Murod




Yuklash
 "Kutubxonachi" ni Telegram’da o‘qing!
  O'xshash Yuklamalar
.pdf Farhod va Shirin PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo’lib, 59 bob, 5782 baytdan iborat. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarisiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy(923-yilda vafot etgan) uni «Xusravning eng sevikli ...
.pdf «Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora») PDF  3 Feb 2021
Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq ...
.pdf LAYLI VA MAJNUN PDF  3 Feb 2021
Bu asar ham 1484-yilda yozilgan bo'lib, u 36 bob, 3622 baytdan iborat. Bu doston sevgi haqidagi dostonlar orasida eng g'amgin va dardli asardir. Doston quyidagi misralar bilan boshlanadi: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat... Yozmoqqa bu ishqi jovidona, Maqsudim emas edi fasona. Mazmunig 'a ...
.pdf Hayrat ul - abror PDF  3 Feb 2021
Asar 7976 misra (3988 bayt) bo’lib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi - 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, so'nggi uch bobi esa asar xotimasidir. «Hayrat ul - abror» 1483-yiida aruzning sari' bahrida yozilgan bo'lib, an'anaviy muqaddima – “hamd ...
.pdf Anor PDF  7 Jun 2020
Anor - Abdulla Qahhor
.pdf Bahorning 17 lahzasi (roman) PDF  7 Jun 2020
Bahorning 17 lahzasi - Юлиан Семёнов,
.pdf БОБУРИЙЗОДАЛАР PDF  7 Jun 2020
БОБУРИЙЗОДАЛАР - ГОФУРЖОН САТИМОВ Тарихий- маърифий рисола
Created by  Master Sherkulov